“ZIYO” talabalar teatr studiyasi festivalda ishtirok etdi

O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar masalalari bo‘yicha respublika idoralararo kengashi majlisining 2019-yil 8-fevraldagi qaroriga ko‘ra, “Yoshlar – kelajak buyodkori!” shiori ostida an’anaviy Yoshlar festivallari o‘tkazib kelinmoqda.

Mazkur festivallar doirasida O‘zbekiston milliy universieti, Yoshlar ittifoqi markazida oliy ta’lim muassasalari Talabalar teatr studiyasi festivali tashkil etildi.

Talabalar teatr studiyasi festivalining 11- aprel kuni bo‘lib o‘tgan hududiy saralash bosqichida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining “ZIYo” talabalar teatr studiyasi ham muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Universitetimiz talabalari tomonidan sahnalashtirilgan “Shayton izmidan” nomli spektakl tomoshabinlarga iliq taassurot qoldirdi.