“Yosh faylasuf” to‘garagi a’zolari Hazrati Imom majmuasiga tashrif buyurdi

“Yosh faylasuf” to‘garagi a’zolari O‘zbekistonda islom madaniyati markazi bo‘lib qolayotgan Hazrati Imom majmuasiga tashrif buyurdi.

“Yosh faylasuf” to‘garagi a’zolari Xolmatova Sh.A rahbarligida 1000 yillardan ortiq O‘zbekistonda islom madaniyati markazi bo‘lib qolayotgan Hazrati Imom majmuasiga tashrif buyurdi. Islom ilohiyoti ustunlaridan bo‘lgan imom al- Buxoriy va Muxammad at-Termiziyning ma’naviy izdoshi deb hisoblangan Toshkentning birinchi imomi va targ‘ibotchisi, avliyo Kaffol ash-Shoshiy mozorini ziyorat qildilar. O‘zbekiston musulmonlari Diniy boshqarmasi binosi kutubxonasida joylashgan Muqaddas kitob - Usmon Qur’oni ko‘zimizni quvontirib, qalblarimizni nurga to‘ldirdi.