Onlayn seminar bo'lib o'tdi

2019-yil 10-aprel kuni Moskva Davlat pedagogika universiteti professor o'qituvchisi tomonidan onlayn seminar o'tkazildi.

Boshlang'ich ta'lim fakulteti talabalari uchun tashkil etilgan onlayn seminarga professor o'qituvchilar Sodiqova А.V. va Sodiqov R.M. rahbarlik qildi. 

Veb-seminarda 204, 205 guruh talabalari, Boshlang'ich ta'lim va jismoniy madaniyat kafedrasi o'qituvchisi N.Xamedova, Otaqulov E.Sh. va kafedra mudiri Xalikov A. ishtirok etdi. 

Moskva Davlat pedagogika universiteti o'qituvchisi Redko Zoya Borisovna, bizni o'zi nashr qilgan  kitob bilan tanishtirdi, ma'ruza mavzusi "Boshlang'ich sinflarda kuzatuvchi geometriya".

Seminarda talabalar faol ishtirok etishdi hamda mavzu yuzasidan o'zlarini qiziqtirgan savollarga xorijlik mutaxassis tomonidan batafsil javob olishdi.