TDPU huzuridagi Tarmoq markazi jamoasi ommaviy sport turlari bo‘yicha sport musobaqasida 2-o‘rinni egalladi

Bosh ilmiy-metodik markazning 2019-yil 3-apreldagi 30 o‘/b- sonli buyrug‘i asosida ommaviy spor turlari bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-yanvardagi “2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-5308-sonli Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-fevraldagi “2019-2023 yillar davrida O‘zbekiston Respublikasida Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 118-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida Bosh ilmiy-metodik markazning 2019-yil 3-apreldagi  30 o‘/b- sonli buyrug‘i asosida ommaviy spor turlari bo‘yicha musobaqa tashkil etildi. Bosh ilmiy-metodik markaz hamda Respublika tayanch oliy ta’lim muassasalari huzurida tashkil etilgan 17 ta tarmoq va mintaqa markazlari ishtirokida 2019-yil 13-aprelda o‘tkazilgan Ommaviy sport turlari bo‘yicha sport musobaqasida Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Tarmoq markazi jamoasi ham ishtirok etib, umumjamoa hisobida faxrli 2-o‘rinni egalladi.

 Universitet rahbariyati Tarmoq markazi jamoasini g‘alaba bilan qutlaydi va kelgusi faoliyatlarida omad tilaydi.