“O‘qituvchining kasbiy pedagogik madaniyati: ta’lim faoliyatining tuzilishi, modeli va texnologiyasi”

O‘qituvchining kasbiy pedagogik madaniyati: ta’lim faoliyatining tuzilishi, modeli va texnologiyasi” mavzusidagi VII Xalqaro ilmiy-amaliy onlayn konferensiya bo‘lib o‘tdi.

         2019-yil 16-aprel kuni  Nizomiy nomidagi TDPU  “Umumiy pedagogika”  kafedrasining    Belgorod Davlat Milliy ilmiy tadqiqot universiteti bilan hamkorlikdagi   “O‘qituvchining kasbiy pedagogik madaniyati: ta’lim faoliyatining tuzilishi, modeli va texnologiyasi” mavzusidagi  VII Xalqaro ilmiy-amaliy   onlayn konferensiya  bo‘lib o‘tdi.   Mazkur konferensiyada  TDPUda faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilar, katta ilmiy hodim izlanuvchilari, Tarmoq markazi tinglovchilari  hamda Belgorod Davlat Milliy ilmiy tadqiqot universitetining olimlari o‘z ma’ruzalari bilan fikr almashdilar.  Mazkur hamkorlikda amalga oshirilgan konferensiyada ta’lim jarayoniga yangicha yondashuv, ta’lim taraqqiyotining tendensiyalari, pedagogning kasbiy faoliyatini takomillashtirish borasida amalga oshirilgan vazifalar haqida fikr almashildi. Onlayn konferensiyada Ergashev D.U., Ro‘ziyeva D.I., Tarabayeva V.B., Shexovskaya N. L., Isayeva N. I.,  Isayev I. F. o‘z  ma’ruzalari bilan fikr almashdilar. Mazkur konferensiyadan olingan ma’lumotlar ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanayotgan yosh  tadqiqotchilarning ilmiy izlanishlariga katta yordam beradi.