“Study in Uzbekistan” – O‘zbekistonni Markaziy Osiyo ta’lim xabiga aylantirishdagi muhim loyiha

O‘zbekistonni Markaziy Osiyo davlatlari orasida oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash bo‘yicha yetakchi markazga (xab)ga aylantirish yo‘lida yana bir ulkan qadam tashlandi.

Unga ko‘ra, 2019-2020 o‘quv yilidan boshlab OTMlar rektorlariga (filiallar direktorlari)ga bo‘ysunuvi bo‘yicha vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda xorijlik fuqarolarni to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymatini tegishli ta’lim yo‘nalishi yoki mutaxassislik bo‘yicha O‘zR fuqarolari uchun belgilangan to‘lov-kontrakt miqdoridan kam bo‘lmagan miqdorda mustaqil belgilash huquqi beriladi.

 

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzurida “Study in Uzbekistan” (“O‘zbekistonda tahsil ol”) PR-markazi tashkil etiladi.

 

PR-markazining asosiy vazifalari:

 

👉 jahon axborot makonida O‘zbekistonning oliy ta’lim sohasidagi ijobiy imijini shakllantirish, ilgari surish, ta’lim sohasidagi salohiyatini targ‘ib qilish, axborot materiallarini tayyorlash va b.;

 

👉  Tashqi ishlar vazirligida tashkil etilishi ko‘zda tutilgan PR-markazi bilan birgalikda xorijlik fuqarolarni O‘zbekistonda ta’lim olishga keng jalb qilish uchun doimiy targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish;

 

👉 diplomatik vakolatxonalar tomonidan PR-markaz bilan O‘zbekiston OTMlari kunlarini tashkil qilish, mahalliy oliy ta’lim muassasalarini faol reklama qilish, taqdimotlar o‘tkazish, axborot materiallari tarqatish va boshqalar.