TDPU professor-o‘qituvchilari Erasmus+ loyihasi doirasida Ruminiyada ma’ruza qildi

16-19 aprel kunlari Ruminiyaning Tirgovishte shahrida Erasmus+ dasturining «Stand against drugs» (“Giyohvandlikka qarshi turing”) loyihasi doirasida navbatdagi muhokamalar bo‘lib o‘tdi.

16-19 aprel kunlari Ruminiyaning Tirgovishte shahrida Erasmus+ dasturining «Stand against drugs» (“Giyohvandlikka qarshi turing”) loyihasi doirasida navbatdagi muhokamalar bo‘lib o‘tdi. Muhokamada Norvegiya, Malta, Italiya, Ruminiya va O‘zbekistondan vakillar ishtirok etdi.

O‘zbekiston nomidan muhokamalarda Toshkent davlat pedagogika universitetining professor-o‘qituvchilari ishtirok etib, giyohvandlikka qarshi kurash hamda bu borada yurtimizda amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’ruza qilishdi.

Yerasmus+ tomonidan moliyalashtiriladigan "Stand Against Drugs" loyihasining asosiy maqsadi Norvegiya, Italiya, Ruminiya, Malta va O‘zbekistondan loyiha ishtirokchilarini giyohvandlik va uning profilaktikasi masalalari bilan tanishtirish, jamiyatni giyohvandlikka qarshi kurashga jalb qilish, yosh avlod o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishdan iborat.

Loyihaning O‘zbekistondagi koordinatori Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti bo‘lib, universitet Xalqaro aloqalar bo‘limi tomonidan Ruminiya va Norvegiyalik koordinatorlar bilan hamkorlikda loyihaning maqsadi va asosiy tadbirlari bo‘yicha konsepsiya ishlab chiqilgan.