“Kitob – millatning bebaho ma’naviy va madaniy merosi”

“Kitob – millatning bebaho ma’naviy va madaniy merosi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

“Zoologiya va anatomiya” kafedrasi professor-o‘qituvchilari 2019-yil 22-aprel kuni Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanidagi 10-maktabga tashrif buyurishdi. Kafedra professor-o‘qituvchilari maktabga tashrifi davomida 8-11 sinf o‘quvchilari bilan uchrashib, bitiruvchilarni uneversitetga o‘qishga taklif qilishdi. Undan tashqari universitetdagi barcha fakultetlar, yo‘nalishlar  haqida gapirib o‘tishdi.

Tadbir davomida “Kitob – millatning bebaho ma’naviy va madaniy merosi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. “Zoologiya va anatomiya” kafedrasi professor-o‘qituvchilari Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanidagi 10-maktab kutubxonasiga  turli adabiyotlar va universitet hayotiga oid kitob taqdim etishdi. Tadbir juda mazmunli, taassurotlarga boy bo‘ldi.