Ekstremizm va terrorizmni qoralashga qaratilgan davra suhbati bo'lib o'tdi

Talabalarning ekstremizm va terrorizmni qoralashga qaratilgan vatanparvarlikni targ‘ib qilish” ga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

2019-yilning 22-aprel kuni “Umumiy pedagogika” kafedrasi va  universitet “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va iqtidorli yoshlar bilan ishlashbo’limi bilan hamkorlikda universitet anjumanlar zalida “Talabalarning ekstremizm va terrorizmni qoralashga qaratilgan vatanparvarlikni targ‘ib qilishga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi IIV akademiyasidan “Ma’muriy huquq” kafedrasi mutaxassislari: p/p-k Toshkentboyev Ulug‘bek Tursunboyevich, mayor Qushbakov Dilshod Musulmanqulovich va mayor Azizov Elbek Usmonjonovichlar sog‘liqqa qarshi jinoyatlar, huquqbuzarliklarni oldini olish, o‘zgalar mulkini talon-taroj qilish bilan bog‘liq jinoyatlar haqida batafsil mazmunli amaliyot bilan bog‘lab ma’lumot berdilar, yoshlar orasida to‘g‘ri targ‘ibot ishlarini amalga oshirish bo‘yicha tushuntirish suhbatini o‘tkazdilar. Davra suhbati davomida talabalar o‘z savollariga javob oldilar va kelajakda mutaxassis sifatida kerakli ma’motlarga ega bo‘ldilar.