“O‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazganlik uchun mehnatga soatbay haq to‘lash miqdorlarini tasdiqlash to‘g‘risida”

Oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalarida, qayta tayyorlash va malaka oshirish muassasalarida, shuningdek mazkur muassasalarda tashkil etiladigan o‘quv kurslarida o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazganlik uchun soatbay haq to‘lashning yangi miqdorlari belgilandi.

Soatbay haq to‘lashning yangi tariflari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019 yil 22 aprelda 3157-son bilan ro‘yxatga olingan  O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Xalq ta’limi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirliklarining “O‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazganlik uchun mehnatga soatbay haq to‘lash miqdorlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qo‘shma qarori bilan tasdiqlandi.