“22-aprel-Yer kuni”

2019-yil 26-aprel kuni Tabiiy fanlar fakulteti Botanika kafedrasi professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirokida “22-aprel-Yer kuni”ga bag‘ishlangan ko‘rgazma tashkil qilindi.

Bu ko‘rgazmada Biologiya yo‘nalishi talabalari urug‘ va quruq mevalardan foydalangan xolda “Er kuniga” bag‘ishlab rasmlar tayyorlashdi. Rasmlarda ko‘proq hayvonlar va tabiat manzaralari aks etgan edi.  Ko‘rgazma  davomida talabalarimizda ekologik muammolarga jiddiy qarashlari borasida fikr va muloxazalar paydo bo‘ldi.