Professor Qurdosh Qahramonovning yubileyi nishonlandi

19-aprel kuni TDPUning O'zbek tili adabiyoti yo'nalishi o'qituvchisi, fidoiy inson, professor Qurdosh Qahramonovning yubileyi nishonlandi. Professor bu dargohni 45 yil muqaddam bitirib, o'z faoliyatini shu universitetda boshlagan.

Yubiley marosimiga professorning kursdoshlari, TDPUning 1974-yilgi O'zbek tili va adabiyoti fakulteti bitiruvchilari tashrif buyurishdi va bugungi kunda shu yo'nalishda tahsil olayotgan talabalar bilan suhbatlashishdi.

Ular orasida "Shuhrat" medali, "Xalq ta'lim a'lochisi, " "Yil o'qtuvchisi" kabi medal va mukofotlar sovrindorlari ham bo'lib, ular talabalarning kasb sirlari haqidagi savollariga javob berishdi. Yillar o'z izini peshonasiga ajin etib tortib ketgan, ko'p yillar davomida o'qituvchilik faoliyati bilan shug'ullanib, ko'plab o'quvchilarni katta hayotga kuzatgan bu insonlar o'zlarining talabalik xotiralari bilan ham bo'lishishdi. Tadbir ko'tarinki ruhda o'tkailib,  tadbir so'ngida professor Qurdosh Qahramonovni yubiley bayram bilan tabriklab,  talabalar va universitetning fidoiy o'qtuvchilari bo'lmish A. Ashurboyev, I.Yoqubov iliq tilaklar bildirishdi. Uchrashuvda domla tahsil bergan va bugungi kunda shu universitetda o'z faoliyatlarini davom ettirayotgan o'qituvchilar ham ishtirok etishdi. Uchrashuv tom ma'noda talabalar uchun ibrat va mahorat uchrashuvi bo'ldi.