Universitetga Broooke house college england direktori Rachel A Caine xonim tashrif buyurdi

2019-yil 19-aprel kuni Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetiga Broooke house college england direktori Rachel A Caine xonim tashrif buyurdi.

Tashrifdan ko‘zlangan maqsad Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyi bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan iborat.

Rachel A Caine xonim 3 aprel kuni universitetning akademik litseyida bo‘lib, o‘quvchilar bilan Angliya davlatidagi oliy o‘quv yurtlari, xususan, Broooke house college haqida suhbatlashgan edi.

Xonimning ma’lum qilishicha, Broooke house collegega qabul boshlang‘ich test sinovlari orqali amalga oshiriladi. Shuningdek, kollejdagi o‘quv mashg‘ulotlari hamda ta’lim yo‘nalishlari haqidagi ma’lumotlar o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Tashrif davomida Rachel A Caine xonim Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori Sh.S.Sharipov bilan o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida shartnoma imzoladi. Shartnomaga ko‘ra, Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyi Broooke house college bilan talaba hamda professor-o‘qituvchilarni almashish dasturlari bo‘yicha hamkorlik aloqalarini o‘rnatadi.