“Yangi asr iste’dodlari-2019”

“Yangi asr iste’dodlari-2019” respublika ko‘rik-tanlovi o‘tkaziladi.

2019-yil 24-25 may kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-kurilish institutida malakali, raqobatbardosh, yuksak bilimli, mustaqil fikrlaydigan, o‘zi tanlagan ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha mukammal bilimga va yuksak ma’naviyatga ega bo‘lgan yuqori salohiyatli mutaxassislarni tayyorlash hamda iqtidorli yoshlarni ilmiy-tadqiqot ishlariga qiziqtirish, ijodiy bilimini kengaytirish maqsadida “Yangi asr iste’dodlari-2019” respublika ko‘rik-tanlovi o‘tkaziladi.

(Ma’lum sabablarga ko‘ra ko‘rik-tanlovni o‘tkazish sanasi o‘zgartiriladigan bo‘lsa qo‘shimcha ma’lumot yuboriladi).

KO‘RIK-TANLOV QUYIDAGI NOMINATSIYALAR BO‘YIChA O‘TKAZILADI:

1. Eng yaxshi tasviriy san’at (rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik ) va o‘ymakorlik;

2. Eng yaxshi arxitekturaviy innovatsion loyiha va maket;

3. Eng yaxshi me’moriy ta’mirlash va qayta tiklash loyihasi;

4. Eng yaxshi landshaft va interer dizayni;

5. Eng yaxshi innovatsion muhandislik kommunikatsiya loyihalari va ishlanmalari;

6. Eng yaxshi innovatsion qurilish materiallari va texnologiyalari;

7. Eng yaxshi innovatsion biznes loyiha;

8. Eng yaxshi zilzilabardosh binolar va konstruksiyalar;

9. Eng yaxshi innovatsion energosamarador loyihalar va ishlanmalar;

10.Eng yaxshi “Geoinnovatsiya” loyihasi va ishlanmasi;