Yaponiyaning Aichi profekturasida Butunjahon robototexnika sammiti bo‘lib o‘tadi

2020-yilning oktyabr oyida Yaponiyaning Aichi profekturasida Butunjahon robototexnika sammiti (WRC – World Robot summit) bo‘lib o‘tadi.

Xalqaro sammitda ikkita muhim tadbir:  Xalqaro robototexnika musobaqasi va ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

 

WRC doirasida quyidagi 4 ta kategoriyada 9 ta tajriba-sinovlar ham o‘tkaziladi:

 

👉 ishlab chiqarish robototexnikasi;

👉 xizmat ko‘rsatish robototexnikasi;

👉 tabiiy ofatlarda robototexnikadan foydalanish;

👉 yuniorlar.

 

Mazkur xalqaro sammitda OTM professor-o‘qituvchilari, doktorantlar, magistrlar va talabalar ishtirok etishlari mumkin.