Chinozlik baxshi bilan uchrashuv

Shu yilning 17 aprel kuni “O‘zbeksitonda Qozog‘iston yili” munosabati bilan talabalar oqin va baxshi Aytbaev Qidirxo‘ja Temirbaevich bilan uchrashdi.

Shu yilning 17 aprel kuni “O‘zbeksitonda Qozog‘iston yili” munosabati bilan “Boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish” yo‘nalishi ta’lim qozoq tilida olib boriladigan guruh talabalari Toshkent viloyati, Chinoz tumanida ijod qiladigan oqin va baxshi Aytbaev Qidirxo‘ja Temirbaevich bilan uchrashdi.

Tadbirga Boshlang‘ich ta’lim va jismoniy madaniyat fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini K.Abdullaev, Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi kafedrasi mudiri p.f.n., dotsent X.Sanakulov, “Boshlang‘ich ta’lim metodikasi” kafedrasi dotsenti, f.f.n. D.T.Aytbaev, p.f.n., dotsent A.Nisanbaeva, katta o‘qituvchilar B.Pardaev,  M.Sultonov, o‘qituvchi U.Sultonovalar qatnashdi.

Tadbirda Qidirxo‘ja oqin o‘zining ijodidan va qozoq o‘lanlaridan  ko‘plab namunalar ijro etdi. Fakultet talabalari ham o‘z ijodlaridan sherlar o‘qib tadbirni jonlantirdi. Tadbir juda qiziqarli o‘tdi.