“Inson qalbini quvonchga to’ldirish- eng oliy himmatdir”

Talabalar “O’zbekiston Respublikasi Sog’likni Saqlash Vazirligi Urush va Mehnat Faxriylari uchun Respublika Pansionati”ga tashrif buyurdi.

29-aprel kuni Toshkent davlat Pedagogika universitetining Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ishi yo’nalishining 207-guruh talabalari, guruh murabbiysi Bakiyeva Hilola hamda ularga mutaxassislik fanidan ta’lim berayotgan Masharipova Umida O’zbekiston Respublikasi Sog’likni Saqlash Vazirligi Urush va Mehnat Faxriylari uchun Respublika Pansionatiga tashrif buyurdi. Tashrif chog’ida nuroniylar bilan suhbat o’tkazilib, ularga hayriya ehsonlar hadya etildi. Talabalar nuroniylarning duolarini olib, chuqur quvonch bilan xayrlashdilar.