“Inson xotira tuyg‘usi bilan barhayotdir”

“Inson xotira tuyg‘usi bilan barhayotdir” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.

2019-yil 1-may kuni Tabiiy fanlar fakulteti professor-o‘qituvchilari va talabalar ishtirokida “Inson xotira tuyg‘usi bilan barhayotdir” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirga Ichki ishlar akademiyasi “Axborot texnologiya kafedra”si o‘qituvchilari podpolkovnik M.Djamatov, R. Xudoyberdiyev, geologiya va mineralogiya fanlari nomzodi, dotsent A.Nizomov mehmon sifatida tashrif buyurishdi. Tadbirga tashrif buyurganlar 2-jahon urushiga oid o‘z fikr-mulohazalarini bayon qilishdi. Tadbir so'ngida talabalarga 9-may Xotira va qadrlash kuniga bag'ishlangan maxsus videorolik namoyish qilishdi.