Toshkent arxitektura -qurilish kasb-hunar kollejida 6-Respublika kasb mahorati tanlovi o?ˆ?tkazildi

2019-yil 4-may kuni Toshkent arxitektura -qurilish kasb-hunar kollejida 6-Respublika kasb mahorati tanlovi o‘tkazildi

“Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”ga bag‘ishlangan tadbir Toshkent arxitektura-qurilish kasb-hunar kollejida    “Yosh mohir kasb egasi-ijtimoiy innovatsion rivojlanish bunyodkori” mavzusida bitiruvchi kurs o‘quvchilari o‘rtasida har yili sherik, vasiy va homiy tashkilotlar AK “O‘zmaxsusmontajqurilish”, MChJ “Knauf Gips Buxoro” xorijiy korxonalari bilan hamkorlikda o‘tkazildi va TDPU “Tasviriy san’at va uni o‘qitish metodikasi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari S.F.Abdirasilov, O‘.Nurtoev, N.Abdusalomxo‘jaev, S.Maxkamova, Sh.Nazirbekovalar qatnashdilar. Respublika, viloyat va shahar miqyosida o‘tkazilgan tanlovlarning 1-2-bosqichlar bo‘yicha g‘olib deb topilganlar ishtirok etdilar.

Ko‘rik-tanlovning maqsadi: kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarining ijodiy qobiliyatini va kasbiy faoliyatini shakllantirish, iqtidorini rivojlantirish, mutaxassislik bo‘yicha o‘quvchilarni mustaqil va ijodiy fikrlashga o‘rgatish. Talim muassasalari bilan tashkilot va ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, o‘zaro hamkorlikni yanada takomillashtirishdan iboratdir.