«Eng aqlli» intellektual o`yini tashkil etildi

N.V. Gogol hayoti va ijodiga bag`ishlangan «Eng aqlli» intellektual o`yini tashkil etildi.

2019-yil 1-may kuni Rus tili va adabiyoti fakultetida prozaik, shoir, tanqidchi, publitist N.V. Gogolning hayoti va ijodiga bag`ishlangan  «Eng aqlli» intellektual o`yini o`tkazildi.

Tadbir rus tili va adabiyoti kafedrasi o`qituvchilari T.V. Polovinkina va S.S. Smirnova tomonidan tashkillashtirildi. Intellektual o`yinda 102-RN va 201-RT akademik guruh talabalari ishtirok etishdi.

O`yin 4 raund davom etdi. Intellektual bellashuv davomida talabalar yozuvchining hayot va ijod yo`liga taluqli savollarga javob berishdi. Shunindek, ular ijodiy vazifani ham bajarishdi: N.V. Gogolning  «Myortviye dushi» asariga bag`ishlangan surat chizishdi.

Umuman olganda, tadbir do`stona ruhda bo`lib o`tdi. Talabalar o`yin shaklida rus yozuvchisining hayoti va ijodiga tegishli asosiy sanalar va voqealarni yodga olishdi.

Intellektual o`yin so`ngida uchta bosh o`rinlarni egallagan talabalar rag`batlantiruvchi sovg`alar bilan taqdirlandi.