“Boshlang‘ich ta’limda integratsiyaviy-innovatsion yondoshuvlar” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi

“Boshlang‘ich ta’limda integratsiyaviy-innovatsion yondoshuvlar” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

2019-yil 6-may kuni universitetning Boshlang‘ich ta’lim va jismoniy madaniyat fakulteti tomonidan yurtimizda boshlang‘ich ta’lim sohasini jahon andozalariga mos tarzda rivojlantirishga yo‘naltirilgan “Boshlang‘ich ta’limda integratsiyaviy-innovatsion yondoshuvlar” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi. Xorijlik mutaxassislar ishtirok etgan mazkur konferensiyada asosan, boshlang‘ich ta’limda matematika fanining o‘qitilishi, ta’limda TIMSS dasturining ahamiyati, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining og‘zaki va yozma nutqini o‘stirishning samarali usullari, o‘quvchilarning axborot bilan ishlash kompetensiyasini rivojlantirish kabi masalalarda ma’ruzalar tinglandi. Asosiy ma’ruzachilar sifatida Moskva pedagogika davlat universiteti dotsenti Z.B.Redko, TDPU dotsentlari M.I.Toshpo‘latova, B.Mahmudov, tayanch doktorantlar K.A.Muhiddinova, N.Sh.Ro‘ziqulova tomonidan sohaning dolzarb muammolari yechimiga qaratilgan chiqishlar tashkil etildi. Shuningdek, fakultet tomonidan tashkil etilgan boshlang‘ich ta’limni rivojlantirishga qaratilgan ko‘rgazmali qurollar namoyishi konferensiya ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi. Ishtirokchilar seksiyalarga bo‘linib, tegishli mavzularda munozaralar olib borishdi.