Musiqa nazariyasi fanidan olimpiada

2019-yil 17-18 may kunlari Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida “Musiqa nazariyasi” fanidan talabalar fan olimpiadasining II bosqichi bo'lib o'tadi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2019-yil 5 aprel “2019 yilda oliy ta’lim muassasalari talabalari respublika fan olimpiadasini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi 314-sonli buyrug‘iga asosan 2019-yilning 17-18 may kunlari Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida “Musiqa nazariyasi” fanidan talabalar fan olimpiadasining II bosqichi o‘tkazilishi belgilab berilgan. 

“Oliy ta’lim muassasalari talabalari Respublika fan olimpiadasi to‘g‘risidagi Nizom”ga muvofiq olimpiadaning ikkinchi bosqichi 4 turdan iborat bo‘lib, I bosqichda birinchi o‘rinni egallagan talaba II bosqichda ishtirok etish huquqiga ega. Shu munosabat bilan ishtirokchi talaba haqidagi to‘liq ma’lumotlar (pasport nusxasi, ma’lumotnomasi, tavsifnomasi, dekan tomonidan tasdiqlangan reyting daftarchasidan nusxa, 2 dona rasm hamda olimpiadaning II bosqichiga tegishli “Musiqa nazariyasi” faniga oid test, yozma ish va og‘zaki savollar)ni 2019-yil 13-maydan kechiktirmagan holda Respublika fan olimpiasi o‘tayotgan tashkiliy qo‘mitaga (99-885-79-72 Telegram yoki qpanjiyev@mail.ru elektron pochta orqali taqdim etishingizni so‘raymiz.

Olimpiadaning II bosqichi shartlari quyidagi turlar bo‘yicha o‘tkaziladi:

1-tur. “Musiqa nazariyasi” fanidan test sinovlarini topshirish;

2-tur. “Garmoniya” fanidan yozma ish;

3-tur. “Xorijiy va rus musiqasi tarixi”dan og‘zaki;

4-tur. “O‘zbek musiqasi tarixi”dan og‘zaki;

 

Izoh: - olimpiada turlarining mazmuni, vaqti, taklifnoma va dastur universitet saytiga joylashtirilgan.

-olimpiada ishtirokchilari 2019-yil 17-may kuni soat 9:00 dan boshlab universitetning 2-o‘quv binosi (Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor ko‘chasi, 27-uy manzili)da ro‘yxatdan o‘tkaziladi;

-olimpiadaning “Musiqa nazariyasi” fanidan savollar O‘zROO‘MTVning tegishli buyruqlari bilan tasdiqlangan dasturlar asosida ishlab chiqilgan (1-tur 25.08.2019. №744, 2-tur 25.06.2017 №434, 3-va 4-tur savollari 25.08.2016 №355).

- talaba reyting daftarchasi  va pasporti bilan qatnashishi shart;

-talabaning reyting daftarchasida mazkur fanlardan olgan bahosi bo‘lishi shart.