Pedagogika va psixologiya fakulteti jamoasi Ko‘hna va navqiron Samarqand shahriga tashrif buyurdi

2019-yil 5-may kuni Pedagogika va psixologiya fakulteti jamoasi Ko‘hna va navqiron Samarqand shahriga tashrif buyurdi.

2019-yil 5-may kuni Pedagogika va psixologiya fakulteti jamoasi fakultet dekani X.Sh.Qodirov boshchiligida ichki turizmni rivojlantirish hamda “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan ko‘hna Samarqand shahriga tashrif buyurdilar. Tashrif davomida O‘zbekistonning birinchi prezidenti I.Karimov mavzoleyiga borib, uning xotirasi yodga olindi. Shu bilan birga  sharq durdonasi bo‘lmish Samarqand shahrining tarixiy obidalari, diqqatga sazovor joylarida bo‘ldilar. Ayniqsa islom dunyosida mashhur bo‘lgan  Maxdumi A’zam ziyoratgohi, Amur Temur Maqbarasi, Shohi Zinda majmuasi, Registon maydoni, Tillakori madrasasi, Mirzo Ulug‘bek rasadxonasida bo‘lib katta taassurotlar bilan qaytdilar.