Pedagogika va psixologiya fakultetida “Xotira va qadrlash kuni” tadbiri o‘tkazildi

2019-yil 8-may kuni Pedagogika va psixologiya fakultetida “Xotira va qadrlash kuni” o‘zgacha tarzda nishonlandi.

Erta tongdan fakultet dekani X.Sh.Qodirov hamda yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari D.U.Abdullayeva hamda fakultet Yoshlar ittifoqi yetakchisi N.Ubaydullayevlar boshchiligida  fakultetga tashrif buyurgan pedagogik jamoa va talabalarni xarbiy musiqa sadolari ostida kutib olindi. Fakultet foesida Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan devoriy gazetalar hamda fakultet talabalarining Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgan, front ortida xizmat qilgan marhum ota-bobolari, ajdodlari suratlari bilan xotira burchagi tashkil etildi, ularning jasorati yodga olindi hamda mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining xotirasi oldida hurmat bajo keltirildi. Tadbir davomida talabalar tomonidan badiiy chiqishlar, kun mavzusiga oid she’rlar, kuy-qo‘shiqlar namoyish etildi. Zero xotira hamisha muqaddas, qadr azizdir.