Respublikada OTMlar soni 102 taga yetdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-maydagi qarori bilan Samarqand shahrida Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universitetining filiali tashkil etildi.

Natijada yurtimizda OTMlar soni 102 taga yetdi. Shundan:

 

👉 85 ta mahalliy OTM va ularning filiallari;

👉 17 ta xorijiy OTM va ularning filiallari.

 

Bugungi kunda respublikadagi 92 ta OTMlarida o‘quv-tarbiya jarayonlari olib borilmoqda, 10 ta OTMga talabalar 2019/2020 o‘quv yilidan qabul qilinadi.

 

fayl


Fayllar:
1. ОТМлар рўйхати - 2019.pdf