Adabiyotga e’tibor-kelajakka e’tibor

2019-yil 7-may kuni Jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishi maxsus-guruh talabalari bilan “Adabiyotga e’tibor - kelajakka e’tibor” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Prezidentimizning 2017-yil 13-sentyabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risidagi”gi Qarori bu borada ishlarni amalga oshirishda dasturamal bo‘lmoqda.

         Talabalar o‘rtasida kitobxonlik va mutolaa madaniyatini keng targ‘ib etish, kitobga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish va rag‘batlantirish maqsadida 2019-yil 7-may kuni Jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishi maxsus-guruh talabalari bilan “Adabiyotga e’tibor - kelajakka e’tibor” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

 Davra suhbatida Jismoniy madaniyat kafedrasi dotsenti R.I.Latipov sozga chiqib, oz sozida ijodkor ahli oz farzandining qalbida millat ozligini anglash, milliy goyani shakllantirish, urf-odatlarimiz, qadriyatlarimizning mazmun-mohiyatini anglash singari goyalarni asarlari orqali yetkazishga uringanlar, - deb takidlab otdi.

Davra suhbatida ARM mas’ul xodimi bibliograf A.I.Shokirova ARM fondi va undan foydalanish holatlari, internet tizimi va undan foydalanish uchun yaratilgan shart-sharoitlar xususida batafsil ma’lumot berdi.