“Respublika yosh olimlarining innovatsion loyihalari” grant tanlovi

“Respublika yosh olimlarining innovatsion loyihalari” grant tanlovi bo‘lib o‘tishini ma’lum qilamiz.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi muassisligidagi “Respublika yosh olimlar kengashi” nodavlat notijorat tashkiloti tashabbusi bilan joriy yilning 31-may sanasi Respublikamiz oliy ta’lim muassasalari, ilmiy tadqiqot markazlarining bakalavriat, magistratura, (PhD) doktoranturada taxsil olayotgan va (PhD) mustaqil izlanuvchi sifatida ilmiy izlanishlar olib borayotgan 18-35 yoshdan oshmagan yoshlar o‘rtasida “start-up”, innovatsion va amaliy loyihalarni maqsadli qo‘llab-quvvatlash, ishlab chiqarishga tatbiq etish maqsadida “Respublika yosh olimlarining innovatsion loyihalari” grant tanlovi bo‘lib o‘tishini ma’lum qiladi.

“Respublika yosh olimlarining innovatsion loyihalari” grant tanlovi:

      1. Ijtimoiy-gumanitar fanlar;
      2. Tabiiy fanlar;
      3. Aniq fanlar yo‘nalishlaridagi innovatsion loyihalar joriy yilning 20 may kuniga qadar Toshkent shahri, Chilonzor tumani Qatortol ko‘chasi, Ma’muriy hudud binosi 60 B-uy “Respublika yosh olimlar kengashi”da qabul qilinadi.

Grant loyihasi 6 oyga mo‘ljallanib, tanlov natijasiga ko‘ra har bir g‘olib

20 million so‘m (o‘rnatilgan tartibda daromad soliqlarini chegirib qolgan holda) mablag‘ bilan taqdirlanadi.

Tel.: +99895 145-22 -85

  •