“Milliy g‘urur – ma’naviy komillik mezoni”

Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi kafedrasi dotsenti N.X.Voxidova ma’naviyat soatida “Milliy g‘urur – ma’naviy komillik mezoni” nomli ma’ruzasi bilan qatnashdi.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-apreldagi “Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi  PQ-4298-son qarori ijrosi to‘g‘risidagi 383-sonli buyruqni amalga oshirish bo‘yicha Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti dasturi qabul qilindi. Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi kafedrasida ushbu qarorni amalga oshirishga oid reja tuzilgan bo‘lib, mazkur reja asosida kafedra dotsenti N.X.Voxidova 2019- yilning 13-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash bosh boshqarmasida tashkil etilgan ma’naviyat soatida “Milliy g‘urur – ma’naviy komillik mezoni” nomli ma’ruzasi bilan qatnashdi. Ma’ruzada bo‘lim boshlig‘i podpolkovnik O.I.Kazimbaev, bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari mayor Z.X.Tashkenbaev hamda 40 nafardan ortiq ofitserlar ishtirok etdi. Ma’ruza  slayd taqdimotlari asosida tashkil etildi.  

Ma’ruza so‘ngida N.X.Voxidova tinglovchilarni qiziqtirgan savollarga javob berdi. Uchrashuv yakunida bo‘lim boshlig‘i podpolkovnik O.I.Kazimbaev universitet rahbariyatiga, ma’ruzachi N.X.Voxidovaga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.