“Geografiya” fanidan Respublika fan olimpiadasi bo'lib o'tdi

2019-yil 13-14 mayda Samarqand shahrida o‘tkazilgan “Geografiya” fanidan Respublika fan olimpiadasi II-bosqichi Samaraqand davlat universitetida o‘tkazildi.

2019-yil 13-14 mayda Samarqand shahrida o‘tkazilgan “Geografiya” fanidan Respublika fan olimpiadasi II-bosqichi Samaraqand davlat universitetida o‘tkazildi. Unda Respublika OTMdan 17 nafar talabalar ishtirok etishdi.


                                                                                                                                                                              

Respublika fan olimpiadasi IV ta tur bo‘yicha o‘tkazildi: I-tur “Yozma ish topshiriqlari”, II –tur “Amaliy ish topshiriqlari”, III-tur “Og‘zaki topshiriqlar” va IV-tur “Test topshiriqlari” bo‘yicha talabalar o‘zaro bellashishdi.

Olimpiadada IV ta tur bo‘yicha jami eng yuqori 357 ball to‘plab Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti “Geografiya o‘qitish metodikasi” ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi Risqiboyeva Muazzam Obidvay qizi faxrli I-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

         Universitet rahbariyati ushbu g‘olib talabamizni qo‘lga kiritgan faxrli  I-o‘rin bilan chin yurakdan tabriklaydi. Bu g‘alaba nafaqat Geografiya va uni o‘qitish metodikasi kafedrasining, Tabiiy fanlar fakulteti hamda universitet jamoasi va talabalarining ham chinakam yutug‘i hisoblanadi. Universitetimiz uchun bunday ulkan yutuqlar barcha ta’lim yo‘nalishlari uchun davomiy bo‘lsin!!!