Sirtqi ta’lim jarayoniga xorijiy yetakchi mutaxassislar jalb etilmoqda

Belorussiya davlat pedagogika universitetidan Churilo Natalya Vyacheslavovna Toshkent davlat pedagogika universitetiga Sirtqi bo‘lim talabalari bilan seminar tashkil qilib berish maqsadida taklif etildi.

Universitet rektorining 2019-yil 5-apreldagi «Universitet Kengashining 2019- yil 28-martdagi 8/1-son qarori ijrosi to‘g‘risida» gi 373-U sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash bo‘yicha Belorussiya davlat pedagogika universitetidan yetakchi xorijiy mutaxassis «Pedagogika va inklyuziv ta’lim psixologiyasi» kafedrasi dotsenti, p.f.n. Churilo Natalya Vyacheslavovna Toshkent davlat pedagogika universitetiga Sirtqi bo‘lim talabalari bilan seminar tashkil qilib berish maqsadida taklif etildi. Seminar «Pedagogika va psixologiya» va «Maktabgacha ta’lim» maxsus sirtqi ta’lim yo‘nalishi talabalari bilan olib borildi. Churilo Natalya Vyacheslavovna psixologiya, amaliy psixologiya, psixodiagnostika muammolari bo‘yicha xorijiy olimlar tomonidan amalga oshirilayotgan ilmiy izlanishlar, ularning natijalari hamda ta’lim jarayoniga tadbiq etish yo‘llari va metodlari haqida to‘liq ma’lumotlarni berib o‘tdi.

Shundan so‘ng talabalar bilan trening mashg‘uloti tashkil etildi. Treningda talabalarga yangi texnologiyalar asosida ta’lim oluvchilar bilan psixologik aloqa o‘rnatish, psixologik tashxis qo‘yish hamda unga yechim topish kabi masalalar bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar bajartirildi. Seminar so‘ngida talabalarni qiziqtirgan savollarga yetakchi xorijiy mutaxassis Churilo Natalya Vyacheslavovna tomonidan javob berildi.