“Til sinflarida adabiyotlarning integratsiyalashuvi”

“Til sinflarida adabiyotlarning integratsiyalashuvi” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Toshkent davlat pedagogika universitetida 2019-yil 18-may kuni “Til sinflarida adabiyotlarning integratsiyalashuvi” (“Integrating literature into the language classroom”) mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarda AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi ingliz tili dasturlari bilan ishlash bo‘yicha koordinatori F.Akobirov hamda AQShdan kelib, O‘zbekiston OTMlarida faoliyat olib borayotgan ingliz tili volontyorlari ishtirok etishdi. Xorijlik ingliz tili bo‘yicha mutaxassislar Shenno Roach, E.Vivianna Marchel, Xingyue Sara Xe, Karolina Murray, Josh Gaston Jordan Valler tomonidan o‘qituvchilik faoliyati, til va adabiyot fanlarini o‘qitishning o‘ziga xos jihatlari, o‘quvchilarda tanqidiy fikrlashni shakllantirish kabi mavzularda chiqishlar tinglandi.

Seminar maqsadi O‘zbekiston Respublikasi uzluksiz ta’lim tizimi jarayonida chet tili va adabiyotini muvoziy tarzda o‘qitish va zamonaviy tilshunoslik muammolarini hal qilishga yo‘naltirilgan ilmiy-amaliy tavsiyalarni ishlab chiqish hamda amaliyotga joriy etishdan iborat.

 Shuningdek, tadbir doirasida Oksford universitetining OXFORD university press nashriyoti tomonidan nashr etilgan qo‘llanmalar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ko‘rgazma seminar ishtirokchilari tomonidan katta qiziqish bilan tomosha qilindi.


Yana o`qing