«Maktabgacha ta’limda davlat va nodavlat sektorini rivojlantirish yangi shakllari va ta’lim mazmuni» mavzusida хalqaro ilmiy-amaliy anjuman

2019-yilning 20-aprel kuni Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Pedagogika va psixologiya fakulteti “Maktabgacha ta’lim metodikasi” kafedrasi tomonidan «Maktabgacha ta’limda davlat va nodavlat sektorini  rivojlantirishning yangi shakllari va ta’lim mazmuni» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi.

 

2019-yilning 20-aprel kuni Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Pedagogika va psixologiya fakulteti “Maktabgacha ta’lim metodikasi” kafedrasi tomonidan «Maktabgacha ta’limda davlat va nodavlat sektorini  rivojlantirishning yangi shakllari va ta’lim mazmuni» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi.

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti tomonidan О‘zbekiston  Respublikasi Oliy va О‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 28 fevraldagi 205-sonli buyrug‘iga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 25 fevraldagi 133-F-sonli farmoyishi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 26 fevraldagi 564-sonli buyrug‘i asosida 2019 yilning 20- aprel kuni Toshkent davlat pedagogika universiteti “Maktabgacha ta’lim metodikasi kafedrasi ” kafedrasi tomonidan Maktabgacha  ta’limda  davlat va nodavlat sektorini  rivojlantirish  yangi shakllari va ta’lim mazmuni” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi.

1.   Anjuman mavzusi: Maktabgacha  ta’limda  davlat va nodavlat sektorini  rivojlantirish  yangi shakllari va ta’lim mazmuni

2.   Anjuman maqomi: Xalqaro ilmiy-amaliy anjumani.

3.   Anjumanning ilmiy yo‘nalishi, maqsad va vazifalari:

a) yo‘nalishlari:

1.     Davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarini tashkil qilish va boshqarish tizimlarini takomillashtirish.

2.     Maktabgacha ta’limni rivojlantirishga zamonaviy yondashuvlar va xalqaro tajriba.

3.     Bolalarni rivojlantirishga qо‘yiladigan Davlat talablari mazmunining qо‘llanilishi, ta’lim va tarbiya dasturlari.

4.     Maktabgacha ta’lim sohasida pedagoglar ijtimoiy kompetentligi va bolalarning ijodiy salohiyatini rivojlantirish

4.   Muhokama qilingan asosiy masalalar:

Maktabgacha ta’lim tizimini  takomillashtirish, maktabgacha ta’limga innovatsiyalarni joriy etish, maktabgacha ta’lim muassasalarining  metodik ta’minotiga innovatsion texnologiyalarni joriy etish. Maktabgacha  ta’lim sohasini yangi avlod adabiyotlari bilan boyitish, xorijiy tajribalarni о‘rganish va maktabgacha ta’lim tizimiga joriy etish, maktabgacha ta’lim muassasalari  xodimlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish, oliy ta’limda maktabgacha ta’lim  yо‘nalishi bо‘yicha mutaxassislarni tayyorlash tizimini  modernizatsiyalash.

5.   Vazirlik, idora va tashkilotlar olim va mutaxassislarining, yosh olimlar, magistrant va talabalarning tadbirdagi ishtiroki, shu jumladan chet ellik ishtirokchilar:

    О‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha  ta’lim  vaziri о‘rinbosari  p.f.d   Yuldashev M. A, Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarini  xususiy sheriklik asosida  tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i Xakimov A.S, Maksim Tank nomidagi Bellorusiya davlat pedagogika universiteti “Maktabgacha ta’lim metodikasi” kafedrasi mudiri pedagogika fanlari nomzodi Dubinina D. N, YUNISEFning maktabgacha ta’lim bо‘yicha  konsultanti  t.f.n,  dotsent  Ismailova  M.  A,   О‘zbekiston Respublikasi  nodavlat ta’lim muassasalari assotsiatsiyasi  raisi psix.f.n,dotsent Vahabova F. N, Muxtor Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston davlat universiteti  “Psixologiya va defketologiya” kafedrasi mudiri ,psix. f. d,professor  Lekerova G. J, S.Ayni nomidagi Tojikiston davlat universitetining dotsenti,pedagogika fanlari doktori Majidova B, Osh shahridagi  «Smayl. Key Dji» jamoat fondi   direktori Kuznetsova L. V.,  Osh ijtimoiy pedagogik instituti  katta о‘qituvchisi  P.A.Sadirovova, “Autizm kasalligi bor bolalarga yordam markazi “AVA mama+” rahbari Abdupattayeva N.X,Osh shahar  bolalar koordinatori  SSM №1 pediatri Sagimbayeva S.A Qirg‘iziston Respublikasi.

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti p.f.n,professor Isyanov R.G Jumayev M, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti p.f.d, professor Shodmonova SH.SH, p.f.d,professor F.R.Qodirova, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti p.f.d.,professor M.B.Urazova, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti p.f.d. Z.I.Soliyeva, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti psix.f.d,professor  Z.T.Nishanova, Qо‘qon davlat pedagogika institutidan p.f.d,professor N.E.Erkaboyeva, katta о‘qituvchi Esonova M, Abduqodirov A, Sirdaryo  xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutidan p.f.n,dotsent Toliboyeva U, Berdialiyeva G, Mamatkulova  N, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti p.f.d, professor Yuzlikayev F.R, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti professori Jumayev M, P, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi Boqiyev D., Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti doktaranti Rahimova N, Nizomiy TDPU Huzuridagi XTXKTMOI “Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim kafedrasining2 mudiri P.F.N,dotsent L.R Mirjalolova, dotsent Mahmudova O.A, p.f.n,dotsent Qosimova D, katta о‘qituvchilar M.Sharipova,G.Alixodjayeva,  Xalqaro  ilmiy-amaliy anjumanda jami 120 nafardan ortiq mutaxassislar qatnashdi. Jumladan, p.f.d., professorlar – 20 nafar, falsafa doktorlari (PhD) – 20 nafar, dotsentlar – 20,  nafar ilmiy xodim, katta ilmiy xodimlar – 2 nafar, doktorant va tayanch doktorantlar – 8 nafar, mustaqil tadqiqotchilar – 10 nafar, magistrlar va mutaxassislar ishtirok etdilar.