Bitiruvchi kurs talabalari ishtirokida Ochiq muloqot tashkil etildi

2019-yil 28-may kuni universitet bitiruvchi kurs talabalari uchun davlat imtihonlarining topshirilish jarayoniga bag‘ishlangan Ochiq muloqat tashkil etildi.

Muloqotda Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor O.A.Qo‘ysinov, Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i N.P.Mavlyanova, O‘quv ishlari bo‘yicha boshqarma boshlig‘i R.T.Yuldashev hamda Tarix fakulteti dekani V.T.Ishquvvatov hamda Toshkent davlat pedagogika universitetining bitiruvchi kurs talabalari ishtirok etdi.

Ochiq muloqotda bitiruvchilarning davlat imtihonini topshirish jarayoni muhokama qilindi. Soha mas’ullari tomonidan davlat imtihoninig o‘tkazilish jarayoni, savollar soni, javob yozish uchun ajratilgan vaqt hamda imtihon javoblarini tekshirish mexanizmi to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi. Mazkur masalada talabalarning mulohazalari tinglanib, savollarga batafsil javob berildi.

Ushbu tadbirdan ko‘zlangan maqsad  yakuniy davlat imtihonlarini shaffof o‘tkazish, korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik hamda talabalarining bilim ko‘nikmalarini aniqlashning amaldagi mexanizmi to‘g‘risida bitiruvchi kurs talabalariga ma’lumot berishdan iborat.  Bu bitiruvchilarning kelgusi pedagogik faoliyatida ham asqotishi ta’kidlandi.