Talabalar orasida kitobxonlikni rivojlantirish

Talabalar orasida kitobxonlikni rivojlantirishga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi

Pedagogika va psixologiya fakulteti Maktabgacha ta’lim metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi 106-Maktabgacha ta’lim guruhi murabbiysi M.A.Rasulxo‘jaeva hamda Chet tillari fakulteti Rus adabiyoti va uni o‘qitish metodikasi kafedrasi katta o‘qituvchisi Sadikova R.R. tomonidan 2019-yil 29-may kuni 106 MT guruh talabalarning kitob mutolaa qilishga bo‘lgan qiziqishini rivojlantirish maqsadida  rus adabiyoti yozuvchisi A.S.Pushkinning  “Сказка о Попе и его работнике Балде”, “Сказка о рыбаке и о золотой рыбке” ertaklari mazmuni-mohiyati to‘g‘risida tadbir tashkil etildi.

Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad talabalarning kelajakda tarbiyachilik faoliyatida kitob mutolaasi naqadar katta ahamiyatga ega ekanini anglatishdan iborat bo‘lib, bolalarga kitob mutolaa qilar ekan, ularda ifodali o‘qish, matnda berilgan tinish belgilariga e’tibor berish lozimligi ta’kidlandi. Tinglovchilar, ya’ni maktabgacha yoshdagi bolalar  ertakdagi personajlarning obrazlarini tushunishlarida bu juda muhim ahamiyatga ega. Maktabgacha yoshdagi bolalarning ma’naviy dunyosini shakllantirishda kitob asosiy zamindir. Chunki kitob mutolaasi orqali bolalarda ahloqiy sifatlarni shakllantirish, ularni aqliy jihatdan rivojlantirishda yaxshi samara beradi.

         Albatta, bunday tadbirlarning tashkil etilishi talabalarda kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishlarning yanada ortishiga sabab bo‘ladi.