Qarshi shahrida Irrigatsiya institutining filiali tashkil etildi

O‘zR Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-maydagi 437-son qarori bilan Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining Qarshi filiali tashkil etildi.

TIQXMMIning Qarshi filialida o‘quv jarayoni 2019/2020 o‘quv yilidan boshlanadi.

Filialga talabalarni qabul qilish soni har yili tasdiqlanadigan respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish kvotalaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.

Qishloq va suv xo‘jaligi sohasi uchun yuqori malakali kadrlarni milliy va xalqaro standartlar darajasida sifatli tayyorlashni ta’minlash Filialning asosiy vazifalaridan etib belgilandi.

Filial va akademik litsey onlayn ma’ruza hamda masofaviy ta’lim uchun telekommunikatsiya jihozlari va infratuzilma bilan ta’minlanadi, shuningdek, ularni yuqori tezlikdagi internet hamda elektron ta’lim milliy tarmog‘iga ulash choralari ko‘riladi.