“Mutaxassis maslahati”

“Mutaxassis maslahati” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

2019-yil 28-may kuni Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi “Bog‘izor” mahallasida “Maxsus pedagogika” fakulteti Oligofrenopedagogika kafedrasi o‘qituvchilari p.f.n.,dotsentlar D.A.Nurkeldiyeva, Sh.M.Amirsaidova, L.Sh.Nurmuxamedovalar tomonidan “Mutaxassis maslahati” mavzusida  davra suhbati o‘tkazildi.

Davra suhbatida mahalla a’zolariga oilada sog‘lom turmush tarziga rioya qilishning muhimligi,  bolalar rivojlanishidagi nuqsonlarning sabablari,  rivojlanishidagi nuqsonlarni oldini olishda ota-onalar tomonidan nimalarga ahamiyat berish kerakligi haqida tavsiyalar berildi.

Mahallada istiqomat qiluvchi fuqarolar orasidagi ba’zi oilalarda ham rivojlanishida u yoki bu nuqsonga ega bo‘lgan bolalar mavjudligi aniqlandi. Ushbu oilalarga qanday turdagi yordam, mutaxassis maslahati, qaysi muassasaga murojaat qilishlari  lozimligi ko‘rsatildi.

Mutaxassislar bolalar rivojlanishida orqada qolish kuzatilganda qaysi mutaxassislarga murojaat qilish mumkinligi, ushbu muasassalarning manzillari haqida ham ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, mahalla a’zolariga, ota-onalarga bolalar rivojlanishidagi nuqosonlarni erta tashxis qilishning ahamiyati ta’kidlandi. O‘z vaqtida mutaxassis tomonidan ko‘rsatilgan yordam nuqsonning chuqurlashib ketishini oldini olishi, bolalarning maktabgacha ta’lim, maktab dasturini  o‘zlashtirishlariga,  jamiyatda ijtimoiy moslashuvining  muvaffaqiyatli bo‘lishiga zamin yaratishi ta’kidlandi.  

Mutaxassislar mahalla a’zolari tomonidan ularni qiziqtirgan savollarga  javob berdilar.


Yana o`qing