Yoshlarning kompyuter savodxonligini oshirish yo'lida

“Yoshlarning kompyuter savodxonligini oshirish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

2019-yil 28-may kuni “Maxsus pedagogika” fakulteti Oligofrenopedagogika kafedrasida professor-o‘qituvchilari tomonidan “Beshta muhim tashabbus – ertamiz egalari istiqboli yo‘lida” shiori ostida “Yoshlarning kompyuter savodxonligini oshirish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda “Informatika” kafedrasi dotsenti M.Mamarajabov ishtirok etdi.

Tadbirda ta’kidlanganidek, internet hayotimizning ajralmas qismiga aylandi. Yer yuzida 1,5 milliard kishi internetdan foydalanayotgan bo‘lsa, O‘zbekistonda 10 millionga yaqin yurtdoshimiz internetning faol foydalanuvchisidir. Internet, ayniqsa, yoshlar ongi va dunyoqarashiga kuchli ta’sir o‘tkazmoqda. Shu sababli ulg‘ayib kelayotgan yosh avlodni internetdagi axborotni to‘g‘ri idrok etishga, mushohada qilishga o‘rgatish zarurati paydo bo‘lmoqda.

– Global tarmoqdagi ayrim axborotlar jamiyatimiz taraqqiyotiga va milliy qadriyatlarimizga tahdid solmoqda, – deydi informatika kafedrasi dotsenti M.Mamarajabov. – Insoniyatning ko‘p ming yillik tajribasi shundan dalolat beradiki, dunyodagi zo‘ravon va tajavvuzkor kuchlar qaysi bir xalq yoki mamlakatini o‘ziga bo‘ysundirmoqchi, uning boyliklarini egallamoqchi bo‘lsa, avvalambor, uning eng katta boyligi bo‘lmish milliy qadriyatlari, tarixi va ma’naviyatidan judo qilishga urinadi. Tadbir qiziqarli va bahs-munozaraga boy tarzda tashkil etildi.