Pedagogika va psixologiya fakultetida Kitobxonlik tadbiri o‘tkazildi

2019-yil 22-may kuni Pedagogika va psixologiya fakultetida kitobxonlikni targ‘ib etishga qaratilgan tadbir tashkil etildi.

Prezident tomonidan ilgari surilgan 5 ta tashabbus ijrosini ta’minlash maqsadida 2019-yil 22-may kuni Pedagogika va psixologiya fakultetida Respublika ilmiy pedagogika kutubxonasi bilan hamkorlikda talaba yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib etishga qaratilgan tadbir tashkil etildi.

Tadbirda pedagogika fanlari doktori, professor F.R.Yuzlikayev va psixologiya fanlari doktori, professor Z.Nishonovalar shaxs shakllanishida kitobning o‘rni haqida ma’ruza qildilar. Respublika ilmiy pedagogika kutubxonasi direktor o‘rinbosari R.Ratner,  Ilmiy bibliografiya bo‘limi mudiri M.Dilmurodova va FXKKS bo‘limi yetakchi kutubxonachisi N.Boltayevalar RIPKda mavjud pedagogika va psixologiyaga oid yangi adabiyotlar haqida ma’lumot berdilar. Tadbir so‘ngida Respublika ilmiy pedagogika kutubxonasi direktor o‘rinbosari R.Ratner 350 ga yaqin adabiyotlarning elektron variantini talabalar foydalanishi uchun fakultetga taqdim etdi.

Tadbir doirasida Respublika ilmiy pedagogika kutubxonasi fondida mavjud bo‘lgan “Pedagogika va psixologiya” mutaxissisligiga oid adabiyotlar, badiiy adabiyotlar hamda nodir kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Talabalar kun davomida o‘zlarini qiziqtirgan adabiyotlar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.