“1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni”

2019-yil 31-may kuni Pedagogika va psixologiya fakulteti Maktabgacha ta’lim metodikasi kafedrasi tomonidan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

2019-yil 31-may kuni Pedagogika va psixologiya fakulteti Maktabgacha talim metodikasi kafedrasi tomonidan «1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni» munosabati bilan universitetda ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda Pedagogika va psixologiya, Rus tili, Chet tillar, Maxsus pedagogika fakultetlari hamda Innovatsion pedagogika o‘zbek-belarus qo‘shma fakultetining Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabalari ishtirok etdi.

Universitetga «1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni» munosabati bilan Chilonzor tumani «Solnыshko» nomli №167 MTMning o‘rta va katta gurux tarbiyalanuvchilari va tarbiyachilari taklif etildi.

Tadbir davomida Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 103, 104, 105, 106 gurux talabalari tomonidan «Zumrad va Qimmat» ertagi sahnalashtirilgan  qo‘g‘irchoq teatrini namoyish etdilar. Talabalar tomonidan tayyorlangan  she’r va qo‘shiqlar bolalarga manzur bo‘ldi.

Tadbir yakunida bolajonlarni shirinliklar tortilgan dasturxonga taklif etildi. Ularga esdalik sovg‘alari sifatida ertak kitobi, o‘yinchoqlar va shirinliklar taqdim etildi.