Qabul to`g`risida nizom

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyundagi 393-son qaroriga
2-ILOVA

Oliy ta’lim muassasalarining magistraturasiga о‘qishga qabul qilish tartibi tо‘g‘risida

NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom «Ta’lim tо‘g‘risida» va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi tо‘g‘risida»gi О‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq oliy ta’lim muassasalarining magistraturasiga (keyingi о‘rinlarda magistratura deb ataladi) talabalarni qabul qilish tartibini belgilaydi.

Oldingi tahrirga qarang.

Ushbu Nizom harbiy ta’lim muassasalariga, О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasiga, Toshkent davlat yuridik universitetiga, О‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasiga, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Respublika biznes va boshqaruv oliy maktabi, О‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan xorijiy oliy ta’lim muassasalari hamda ularning filiallariga tatbiq etilmaydi.

(1-bandning ikkinchi xatboshisi О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 apreldagi 360-sonli qaroritahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.04.2019 y., 09/19/360/3030-son)

2. Magistraturaga qabul oliy ta’lim muassasalari tomonidan О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan davlat grantlari va tо‘lov-kontrakt asosida qabul kvotalariga muvofiq amalga oshiriladi.

3. Magistraturaga qabul qilish О‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga о‘qishga qabul qilish bо‘yicha Davlat komissiyasi (keyingi о‘rinlarda Davlat komissiyasi deb ataladi) tomonidan kirish sinovlari natijalariga kо‘ra, tо‘plangan ballarning reyting tizimi bо‘yicha amalga oshiriladi.

Magistraturaga qabul tegishli ta’lim yо‘nalishi va Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan belgilangan turdosh (magistraturaga qabul bо‘yicha) oliy ta’lim yо‘nalishlari rо‘yxati bо‘yicha bakalavr darajasiga yoki diplomli mutaxassis malakasiga ega bо‘lgan shaxslar о‘rtasida tanlov asosida amalga oshiriladi.

Bakalavr darajasiga yoki diplomli mutaxassis malakasiga ega bо‘lgan shaxslar turdosh ta’lim yо‘nalishlari rо‘yxatidagi ixtisosliklarning birida tanlovda qatnashish huquqiga egalar.

Magistraturaga qabul barcha uchun (ham grantlar, ham tо‘lov-kontrakt bо‘yicha) teng huquqlilik, yagona qabul qoidalari va yagona tanlov asosida amalga oshirilib, kirish sinovlarida eng yuqori ball tо‘plagan abituriyentlarning davlat grantlari bо‘yicha birinchi navbatda qabul qilinish huquqi ta’minlanadi. Qolgan abituriyentlar ballar reytingi asosida belgilangan tо‘lov-kontrakt kvotalari doirasida qabul qilinish huquqiga egadirlar.

Oldingi tahrirga qarang.

Tanlov har bir oliy ta’lim muassasasi bо‘yicha magistrlik mutaxassisligi, о‘qitish tili va shakliga kо‘ra alohida о‘tkaziladi. Ayrim magistratura mutaxassisliklari bо‘yicha hududlar kesimida, shuningdek, kadrlar buyurtmachilari kesimida maqsadli qabul kvotalari tasdiqlangan taqdirda, tanlov har bir hudud, shuningdek, kadrlar buyurtmachilari (oliy ta’lim muassasasi) bо‘yicha alohida о‘tkaziladi.

(3-bandning beshinchi xatboshisi О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 apreldagi 360-sonli qaroritahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.04.2019 y., 09/19/360/3030-son)

Oldingi tahrirga qarang.

4. Kirish sinovlari tegishli mutaxassislik о‘qitiladigan tilda о‘tkaziladi.

(4-bandning birinchi xatboshisi О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 apreldagi 360-sonli qaroritahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.04.2019 y., 09/19/360/3030-son)

Magistraturada о‘qitish tili О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan qabul kо‘rsatkichlari doirasida hujjatlar qabul qilinishiga qadar vazirliklar va idoralar tomonidan belgilanadi va Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.

5. Abituriyentlar magistraturaga kirish sinovlarini oliy ta’lim muassasasida о‘qiydigan tilda topshiradi.

6. Magistraturaga qabul qilish ishlari Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibga muvofiq joriy о‘quv yili uchun tayinlangan oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi zimmasiga yuklanadi va magistraturaga qabul qilish ishlari bо‘yicha qabul komissiyasi mas’ul kotibining о‘rinbosari tayinlanadi.

Oldingi tahrirga qarang.

7. О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari va nomli davlat stipendiyalari sovrindorlari, Zulfiya nomidagi Davlat mukofotlari sohibalari, shuningdek «Mard о‘g‘lon» davlat mukofoti sohiblari bо‘lgan oliy ta’lim muassasalari talabalari va bakalavr darajasiga ega yoshlar oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga bakalavriatning ta’lim yо‘nalishiga mos va turdosh mutaxassisliklarga tanlovdan tashqari alohida davlat grantlari asosida qabul qilinadilar.

(7-band О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 apreldagi 360-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.04.2019 y., 09/19/360/3030-son)

2-bob. Xorijiy fuqarolarni о‘qishga qabul qilish

8. Magistraturaga xorijiy fuqarolarni qabul qilish О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Xorijiy fuqarolarni О‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga о‘qishga qabul qilish va о‘qitish tartibini takomillashtirish tо‘g‘risida» 2008 yil 4 avgustdagi 169-son qarori hamda О‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari asosida amalga oshiriladi.

3-bob. Hujjatlarni qabul qilish tartibi

9. Magistraturaga kirish imtihonlari boshlanishidan bir oy avval, oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi magistraturaga qabul qilish muddatlari, mutaxassisliklar nomlari va ajratilgan о‘rinlar haqidagi axborotni belgilangan tartibda e’lon qiladi.

10. Magistraturaga kirishda abituriyentlar (bakalavr darajasiga ega bо‘lganlar, diplomli mutaxassislar) oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

magistratura mutaxassisligi kо‘rsatilgan holda, oliy ta’lim muassasasi rektori nomiga ariza;

oliy ma’lumot tо‘g‘risidagi hujjatning asl nusxasi (yoki diplomdan kо‘chirma — О‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarini davlat granti bо‘yicha о‘qib tugatganlar uchun) hamda unga ilova;

chop etilgan ilmiy maqola yoki tezislari (yoki ularga tenglashtirilgan hujjatlari) nusxasi (mavjud bо‘lgan holda);

3.5 x 4.5 hajmdagi 6 dona rangli fotosurat;

086-U-shakldagi tibbiy ma’lumotnoma;

Oldingi tahrirga qarang.

qonun hujjatlariga muvofiq о‘qishga kirishda imtiyoz beruvchi hujjatning asl nusxasi.

(10-band О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 apreldagi 360-sonli qaroriga asosan yettinchi xatboshi bilan tо‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.04.2019 y., 09/19/360/3030-son)

11. Hujjatlar 1 iyuldan 30 iyulgacha qabul qilinadi.

Oldingi tahrirga qarang.

12. Hujjatlar taqdim etilishi jarayonida abituriyentlar pasportini shaxsan kо‘rsatadilar.

(12-band О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 apreldagi 360-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.04.2019 y., 09/19/360/3030-son)

13. Kо‘rsatib о‘tilgan hujjatlar mavjud bо‘lganda oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi abituriyentning hujjatlarini qabul qilishni rad etishga haqli emas.

4-bob. Kirish sinovlari

Oldingi tahrirga qarang.

14. Magistraturaga kirish sinovi umumiy ballari quyidagilardan tashkil topadi:

magistraturaga kirishda tanlagan mutaxassislik bо‘yicha bilim darajasini belgilovchi maxsus fanlardan sinov о‘tkaziladi (baholash mezoni 0 balldan 100 ballgachani tashkil etadi);

chet tili (xorijiy filologiya, xorijiy til va adabiyoti ta’lim yо‘nalishlari bazasidagi mutaxassisliklar uchun ikkinchi chet tili) fani bо‘yicha sinov о‘tkaziladi (baholash mezoni 0 balldan 50 ballgachani tashkil etadi);

oliy ta’lim muassasasi bitiruvchisining umumiy reytingi yoki о‘zlashtirish kо‘rsatkichi (о‘zlashtirish tegishli ravishda 55 balldan 100 ballgacha bо‘lgan diapazonda yuzdan bir aniqlikda, о‘zlashtirgan fanlarining о‘rtacha bali orqali ifodalanadi) aniqlanadi.

Xalqaro tan olingan chet tilini bilish darajasi haqidagi sertifikat (TOEFL bо‘yicha kamida 72 yoki IELTS bо‘yicha kamida 5,5 ball, TestDaF (TDN3), CEFR bо‘yicha kamida V2) yoki О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan beriladigan Chet tilini bilish darajasi haqidagi V2 yoki S1 darajasidagi sertifikat taqdim etganlarga chet tilidan 50 ball qо‘yiladi va ular chet tilidan kirish sinovida ishtirok etmaydi.

Magistraturaga о‘qishga kirishda eng kо‘p (maksimal) tо‘planishi mumkin bо‘lgan ball — 250 ni tashkil etadi.

(14-band О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 apreldagi 360-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.04.2019 y., 09/19/360/3030-son)

15. Abituriyentlar quyidagi fanlardan yozma (yoki ijodiy) kirish sinovlari (maxsus test sinovlari) topshiradilar:

magistratura mutaxassisligiga muvofiq keluvchi ta’lim yо‘nalishining maxsus fanlari (2 tagacha);

Informatika va axborot texnologiyalari;

О‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti;

chet tili (xorijiy filologiya, xorijiy til va adabiyoti ta’lim yо‘nalishlari bazasidagi mutaxassisliklar uchun ikkinchi chet tili).

16. Kirish sinovlari (maxsus test sinovlari) о‘tkazish shakli va fanlar bо‘yicha sinov dasturlari hamda abituriyentlarning bilimlarini baholash mezonlari oliy ta’lim muassasasining rektori tomonidan tegishli vazirliklar, idoralar va Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi va kirish sinovlari boshlanishidan bir oy avval abituriyentlar e’tiboriga yetkaziladi.

Oldingi tahrirga qarang.

(16-banddan ikkinchi — tо‘rtinchi xatboshilari О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 apreldagi 360-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.04.2019 y., 09/19/360/3030-son)

17. Kirish sinovlari (maxsus test sinovlari) 3 — 15 avgust kunlari о‘tkaziladi.

18. Kirish sinovlari (maxsus test sinovlari) о‘tkazilishiga qadar, oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan sinov fanlari bо‘yicha maslahatlar tashkil etiladi. Maslahatlar jadvali oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan ishlab chiqiladi va rektor tomonidan tasdiqlanadi.

19. Kirish sinovlarini о‘tkazish uchun rektorning buyrug‘i bilan har bir sinov fanlari bо‘yicha komissiyalar tashkil etiladi. Fanlar bо‘yicha komissiya raislari, oliy ta’lim muassasasining idoraviy bо‘ysunishiga qarab, vazirliklar va idoralar tomonidan tasdiqlanadi.

20. Sinov fanlari bо‘yicha komissiya tarkibi oliy ta’lim muassasasining yetuk va tajribali professor-о‘qituvchilari tarkibidan tashkil etiladi. Zarur hollarda uning tarkibiga boshqa oliy ta’lim muassasasining о‘qituvchilari ham jalb etilishi mumkin.

21. Sinov fanlari bо‘yicha komissiya raislari zimmasiga quyidagi mas’uliyat yuklanadi:

kirish sinovlari sifatli о‘tkazilishini ta’minlash maqsadida komissiya tarkibiga malakali, talabchan va adolatli professor-о‘qituvchilarni jalb etish;

komissiya a’zolarining vazifalarini belgilash (maslahatlar berishni tashkil etish, imtihon savollarini tuzish, javoblarni baholash mezonlarini ishlab chiqish va boshqalar);

sinov jarayoniga rahbarlik qilish va nazorat etish.

22. Fanlar bо‘yicha sinovlarni о‘tkazish tartibi (о‘qituvchilarni auditoriyalarga taqsimlash, javoblarni shifrlash hamda tekshirish va hokazolar) oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan belgilanadi.

23. Kirish sinovlarining natijalari, baholash mezonlariga muvofiq ball bilan belgilanadi va qaydnomalarga kiritiladi. Qaydnomalar fan bо‘yicha imtihon komissiyasining a’zolari, qabul komissiyasining mas’ul kotibi tomonidan imzolanadi va qabul komissiyasining raisiga taqdim etiladi.

24. Oliy ta’lim muassasasiga о‘qishga qabul qilingan abituriyentlarning sinov ishlari ularning shaxsiy hujjatlar yig‘majildlariga tikib qо‘yiladi.

О‘qishga qabul qilinmaganlarning sinov ishlari 6 oy davomida saqlanadi, sо‘ng belgilangan tartibda yо‘q qilinadi.

25. Kirish sinovlari (maxsus test sinovlari)ni qayta topshirish man etiladi.

Magistraturaga mutaxassislik bо‘yicha maxsus fandan kirish sinovi uchun belgilangan maksimal ballning 55 foizi va undan kam ball tо‘plaganlar, shuningdek, belgilangan muddatlarda kirish sinovlariga kelmaganlar navbatdagi kirish sinoviga kiritilmaydi hamda magistraturaga qabul qilinmaydi.

26. Oliy ta’lim muassasasida belgilangan tartibda apellyatsiya (norozilik) komissiyasining ishi tashkil etiladi.

Abituriyent sinov natijasidan norozi bо‘lgan taqdirda, sinov natijalari e’lon qilingan vaqtdan boshlab 24 soat davomida sinov ishini apellyatsiya qilish haqidagi ariza bilan oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi raisi yoki apellyatsiya (norozilik) komissiyasi raisiga murojaat etishi mumkin. Apellyatsiya haqidagi arizani kо‘rib chiqish muddati ikki kundan oshmasligi lozim.

27. Magistraturaga kо‘zi ojiz abituriyentlarni qabul qilish Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni qabul qilish tartibi tо‘g‘risidagi nizomning 3-ilovasiga muvofiq amalga oshiriladi.

5-bob. Abituriyentni tо‘lov-kontrakt asosida qabul qilish va о‘qish uchun tо‘lov tartibi

28. Magistraturaga tо‘lov-kontrakt asosida qabul qilish О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan qabul kvotalari doirasida yagona qabul qoidalari asosida kirish sinovlarining ballar reytingi bо‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.

Abituriyentlarni tо‘lov-kontrakt asosida magistraturaga tavsiya etish tо‘g‘risida Davlat komissiyasining qarori qabul qilingandan keyin oliy ta’lim muassasasi bilan yuridik yoki jismoniy shaxslar о‘rtasida belgilangan tartibda kontrakt rasmiylashtiriladi.

Belgilangan namunadagi kontrakt blankalari oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan sinov natijalari e’lon qilingan kundan boshlab beriladi va yuridik shaxslar uchun rahbar va bosh buxgalter tomonidan imzolangan holda 3 nusxada, jismoniy shaxslar uchun 2 nusxada rasmiylashtiriladi.

Davlat komissiyasi tomonidan tо‘lov-kontrakt asosida о‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlar uchun tо‘lov har yili kontrakt shartlarida kо‘rsatilgan muddatlarda amalga oshiriladi.

Kontrakt shartlari va tomonlarning majburiyatlari, ularni amalga oshirish tartibi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

6-bob. О‘qishga qabul qilish tartibi

29. Davlat komissiyasining oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga qabul qilish tо‘g‘risidagi qarori 20 avgustdan kechikmay qabul qilinadi va u oliy ta’lim muassasalarida 25 avgustga qadar abituriyentlarni davlat grantlari bо‘yicha talabalar safiga qabul qilish haqidagi oliy ta’lim muassasalari rektorlarining buyruqlarini rasmiylashtirish uchun asos bо‘ladi.

Davlat komissiyasining oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga qabul qilish tо‘g‘risidagi qaroriga muvofiq tо‘lov-kontrakt asosida о‘qishga qabul qilish yuridik yoki jismoniy shaxslar tomonidan о‘qish uchun belgilangan mablag‘ miqdori 15 sentabrdan kechiktirilmay, belgilangan tartibda о‘tkazilgandan sо‘ng, oliy ta’lim muassasasining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.

Oldingi tahrirga qarang.

(7-bob О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 apreldagi 360-sonli qaroriga asosan о‘z kuchini yо‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.04.2019 y., 09/19/360/3030-son)

8-bob. Yakunlovchi qoida

31. Mazkur Nizomda belgilangan masalalar bо‘yicha nizolar qonun hujjatlariga muvofiq hal qilinadi.

Oldingi tahrirga qarang.

311. Oliy ta’lim muassasalarining magistraturasiga о‘qishga qabul qilish bо‘yicha qarorlardan norozi bо‘lganlar tizimida oliy ta’lim muassasalari bо‘lgan vazirliklar va idoralar yoki sudga belgilangan tartibda murojaat qilish huquqiga ega.

(311-band О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 apreldagi 360-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.04.2019 y., 09/19/360/3030-son)

 

 

 

 

 

 

[OKOZ:

1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.18.00 Ta’lim muassasalariga qabul qilish, о‘qishini kо‘chirish, о‘qishdan chetlashtirish va qayta tiklash]

[TSZ:

1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim]

О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

qarori

Vazirlar Mahkamasining «Oliy ta’lim muassasalariga о‘qishga qabul qilish, talabalar о‘qishini kо‘chirish, qayta tiklash va о‘qishdan chetlashtirish tartibi tо‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida» 2017 yil 20 iyundagi 393-son qaroriga о‘zgartirish va qо‘shimchalar kiritish tо‘g‘risida

О‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim tо‘g‘risida»gi Qonuniga, Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalar hamda ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarga muvofiq oliy ta’lim muassasalariga о‘qishga qabul qilish, talabalar о‘qishini kо‘chirish, qayta tiklash va о‘qishdan chetlashtirish tartibi va qoidalarini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. Vazirlar Mahkamasining «Oliy ta’lim muassasalariga о‘qishga qabul qilish, talabalar о‘qishini kо‘chirish, qayta tiklash va о‘qishdan chetlashtirish tartibi tо‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida» 2017 yil 20 iyundagi 393-son qaroriga (О‘zbekiston Respublikasi QT, 2017 y., 6-son, 108-modda) ilovaga muvofiq о‘zgartirish va qо‘shimchalar kiritilsin.

2. О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda о‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.

3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish О‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bо‘yicha о‘rinbosari A.A. Abduxakimov hamda oliy va о‘rta maxsus ta’lim vaziri I.U. Madjidov zimmasiga yuklansin.

О‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV

Toshkent sh.,

2019 yil 27 aprel,

360-son

Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 apreldagi 360-son qaroriga
ILOVA

Vazirlar Mahkamasining «Oliy ta’lim muassasalariga о‘qishga qabul qilish, talabalar о‘qishini kо‘chirish, qayta tiklash va о‘qishdan chetlashtirish tartibi tо‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida» 2017 yil 20 iyundagi 393-son qaroriga kiritilayotgan о‘zgartirish va qо‘shimchalar

 

3. 2-ilovada:

a) 1-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Ushbu Nizom harbiy ta’lim muassasalariga, О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasiga, Toshkent davlat yuridik universitetiga, О‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasiga, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Respublika biznes va boshqaruv oliy maktabi, О‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan xorijiy oliy ta’lim muassasalari hamda ularning filiallariga tatbiq etilmaydi»;

b) 3-bandning beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Tanlov har bir oliy ta’lim muassasasi bо‘yicha magistrlik mutaxassisligi, о‘qitish tili va shakliga kо‘ra alohida о‘tkaziladi. Ayrim magistratura mutaxassisliklari bо‘yicha hududlar kesimida, shuningdek, kadrlar buyurtmachilari kesimida maqsadli qabul kvotalari tasdiqlangan taqdirda, tanlov har bir hudud, shuningdek, kadrlar buyurtmachilari (oliy ta’lim muassasasi) bо‘yicha alohida о‘tkaziladi»;

v) 4-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Kirish sinovlari tegishli mutaxassislik о‘qitiladigan tilda о‘tkaziladi»;

g) 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«7. О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari va nomli davlat stipendiyalari sovrindorlari, Zulfiya nomidagi Davlat mukofotlari sohibalari, shuningdek «Mard о‘g‘lon» davlat mukofoti sohiblari bо‘lgan oliy ta’lim muassasalari talabalari va bakalavr darajasiga ega yoshlar oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga bakalavriatning ta’lim yо‘nalishiga mos va turdosh mutaxassisliklarga tanlovdan tashqari alohida davlat grantlari asosida qabul qilinadilar»;

d) 10-bandga quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi qо‘shilsin:

«qonun hujjatlariga muvofiq о‘qishga kirishda imtiyoz beruvchi hujjatning asl nusxasi»;

ye) 12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«12. Hujjatlar taqdim etilishi jarayonida abituriyentlar pasportini shaxsan kо‘rsatadilar»;

j) 14-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«14. Magistraturaga kirish sinovi umumiy ballari quyidagilardan tashkil topadi:

magistraturaga kirishda tanlagan mutaxassislik bо‘yicha bilim darajasini belgilovchi maxsus fanlardan sinov о‘tkaziladi (baholash mezoni 0 balldan 100 ballgachani tashkil etadi);

chet tili (xorijiy filologiya, xorijiy til va adabiyoti ta’lim yо‘nalishlari bazasidagi mutaxassisliklar uchun ikkinchi chet tili) fani bо‘yicha sinov о‘tkaziladi (baholash mezoni 0 balldan 50 ballgachani tashkil etadi);

oliy ta’lim muassasasi bitiruvchisining umumiy reytingi yoki о‘zlashtirish kо‘rsatkichi (о‘zlashtirish tegishli ravishda 55 balldan 100 ballgacha bо‘lgan diapazonda yuzdan bir aniqlikda, о‘zlashtirgan fanlarining о‘rtacha bali orqali ifodalanadi) aniqlanadi.

Xalqaro tan olingan chet tilini bilish darajasi haqidagi sertifikat (TOEFL bо‘yicha kamida 72 yoki IELTS bо‘yicha kamida 5,5 ball, TestDaF (TD№3), CEFR bо‘yicha kamida V2) yoki О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan beriladigan Chet tilini bilish darajasi haqidagi V2 yoki S1 darajasidagi sertifikat taqdim etganlarga chet tilidan 50 ball qо‘yiladi va ular chet tilidan kirish sinovida ishtirok etmaydi.

Magistraturaga о‘qishga kirishda eng kо‘p (maksimal) tо‘planishi mumkin bо‘lgan ball — 250 ni tashkil etadi»;

z) 16-banddan ikkinchi — tо‘rtinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;

i) 7-bob о‘z kuchini yо‘qotgan deb hisoblansin;

k) quyidagi mazmundagi 311-band qо‘shilsin:

«311. Oliy ta’lim muassasalarining magistraturasiga о‘qishga qabul qilish bо‘yicha qarorlardan norozi bо‘lganlar tizimida oliy ta’lim muassasalari bо‘lgan vazirliklar va idoralar yoki sudga belgilangan tartibda murojaat qilish huquqiga ega».