Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining Shahrisabz filiali tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkkamasining 2019-yil 11-iyundagi 488- va 489-sonli qarorlari bilan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti hamda Toshkent kimyo-texnologiya institutining Shahrisabz filiallari tashkil etildi.

Qaror bilan Filiallarning asosiy vazifalari belgilab berildi.

 Filiallarda o‘quv jarayoni 2019/2020 o‘quv yilidan boshlanadi hamda talabalarni qabul qilish soni belgilangan tartibda har yili tasdiqlanadigan respublika OTMlariga o‘qishga qabul qilish kvotalaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.

 QarDUning Shahrisabz akademik litseyining bino va inshootlari  – Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Filialiga, Shahrisabz yengil sanoat kasb-hunar kolleji bino va inshootlari esa Toshkent kimyo-texnologiya instituti Filialiga berildi.

 Mazkur akademik litsey va kasb-hunar kolleji o‘quvchilari o‘qishni bitirgunlariga qadar Filial binolarida o‘quv jarayonini davom ettiradi.