Diqqat, e’lon!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash to‘g‘risidagi qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi (360-son, 27.04.2019 y.)

Kiritilgan qo‘shimchalarga muvofiq, turk tilini chet tili sifatida o‘qigan abiturientlar ham mazkur tildan ko‘p balli baho tizimi bo‘yicha imtihon topshiradilar.

 

Endilikda OTMlarga hujjat topshirishda 086-U-shakl bo‘yicha tibbiy ma’lumotnoma talab qilinmaydi.

 

Sirtqi ta’limga hujjatlar 1-iyuldan 30-iyulgacha qabul qilinadi.

 

Kirish imtihonlari 16-avgustdan 25-avgustgacha kamida 3 ta fandan o‘tkaziladi.

 

Yozma imtihonlar shifrlangan holda tekshiriladi.

 

Imtihonlar bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga muvofiq keluvchi 3 ta fandan to‘planishi kerak bo‘lgan maksimal 189,0 balldan, har bir fanning o‘rniga qarab uning uchun ajratilgan eng ko‘p ballning 0 dan 100 foizgacha bo‘lgan oraliqda baholanadi.

 

Natijalar imtihondan keyin 1-3 kunda ta’lim muassasasining rasmiy saytida e’lon qilinadi.

 

O‘qishini bahorgi semestrga qayta tiklash bo‘yicha ariza topshirish har yili 15-yanvardan 25-yanvargacha davom etadi. Ilgari 20-dekabrdan keyingi yilning 20-yanvariga qadar edi.


Yana o`qing