Universitet tayanch doktorantiga prezident tomonidan uy sovg‘a qilindi

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti tayanch doktoranti Axmedova Laylo Baxtiyor qizi prezidentimiz tomonidan qimmatbaho sovg‘a bilan taqdirlandi.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yoshlarni ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab quvvatlash maqsadida ilmiy izlanishlar bilan shug‘ullanayotgan bir guruh yosh olimlarga xonadonlar taqdim etildi. 3 iyun kuni tashkil etilgan taqdirlash marosimida Toshkent shahar hokimi bir guruh yosh olimlarga Prezident sovg‘asi sifatida xonadonlarning kalitlari topshirildi. Quvonarlisi, taqdirlanganlar orasida Toshkent davlat pedagogika universiteti vakili Axmedova Laylo Baxtiyor qizi ham bor.

Axmedova Laylo Baxtiyor qizi hozirda Toshkent davlat pedagogika universitetida tayanch doktoranturada “Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining didaktik-metodik kompetentligini rivojlantirish” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini tayyorlamoqda. Shuningdek, u universitetda Akademik innovatsiyalar fondi dasturlari doirasida bajarilayotgan “Oliy ta’lim muassasalarida pedagogika va psixologiya fanini o‘qitish amaliyoti va ongosti sohasiga doir ta’lim berish jarayonini takomillashtirish” mavzusidagi xalqaro grant doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda faol ishtirok etadi.

Universitet rahbariyati hamda pedagoglar jamoasi nomidan Axmedova Laylo Baxtiyor qizini mazkur yutuq bilan tabriklaymiz hamda ilmiy faoliyatlarida ulkan zafarlar tilaymiz.


MySQL server has gone away
select pod_page_id from sys_pages where id=6594 x

MySQL server has gone away
select pod_page_id from sys_pages where id=6594 x

MySQL server has gone away
select pod_page_id from sys_pages where id=6594 x

MySQL server has gone away
MySQL server has gone away
select title from sys_pages where id=6594 x

MySQL server has gone away
select sub_cat_id from sys_pages where id=6594 x