“Beshta muhim tashabbus – ertamiz egalari istiqboli yo‘lida”

2019-yilning 17 iyun kuni Maxsus pedagogika fakulteti tomonidan “Beshta muhim tashabbus – ertamiz egalari istiqboli yo‘lida” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Turli ziddiyatlar kuchayib borayotgan bugungi dunyo manzaralarida yoshlarimizning ma’naviy immunitetini kuchaytirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish har qachongidan ham dolzarbroq ekanini zamonning o‘zi ko‘rsatib turibdi.

Shu bois Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev  tomonidan ilgari surilgan                   5 ta muhim tashabbus muhim ahamiyat kasb etadi. 

2019-yilning 17 iyun kuni Maxsus pedagogika fakulteti tomonidan “Beshta muhim tashabbus – ertamiz egalari istiqboli yo‘lida” mavzusida mahalla oqsoqollari bilan hamkorlikda davra suhbati tashkil etildi. Tadbirni fakultet dekani D.Mamatqulov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Ushbu tadbirda Toshkent shahar mahalla o‘quv kurslari direktori S.Boboqulov va o‘ttizga yaqin mahalla raislari ishtirok etib, talabalar bilan o‘zaro fikr almashishdi. Davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsion Sudi kotibiyat mudiri Raximov Abdumannop Qo‘ziyevich ma’ruza o‘qib, davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohadagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha beshta muhim tashabbus va uning jamiyat rivojidagi o‘rni to‘g‘risida batafsil ma’ruza qildi. Tadbir o‘zaro muloqot va uch avlod uchrashuvi tarzida tashkil etildi.