2019/2020 o‘quv yili uchun qabul kvotalari tasdiqlandi

O‘zbekiston Rerspublikasi Prezidentining Qarori bilan 2019/2020 o‘quv yilida O‘zR OTMlariga davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilishning parametrlari tasdiqlandi, deb xabar bermoqda Edu.uz.

Yurtimiz oliy ta’lim muassasalarida 2019-2020 o‘quv yili uchun qabul kvotalarining umumiy soni 109 875 nafar etib belgilangan. Shundan,

 

Bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha:

 

kunduzgi ta’lim shakliga – 80 210 nafar;

maxsus sirtqi shaklga – 13 595 nafar;

sirtqi ta’lim shakliga – 18 165 nafar;

kechki ta’lim shakliga –1 985 nafar.

 

magistrlar tayyorlash bo‘yicha – 7 695 nafar.                                        

Toshkent davlat pedagogika universiteti tomonidan 2019/2020 o‘quv yili uchun qabul kvotalari miqdori to‘g‘risida yaqin orada ma’lumot taqdim etamiz.