Besh muhim tashabbus doirasida “Katta Qozirabod” mahallasining ijtimoiy himoyaga muxtoj oilalariga yordam ko‘rsatildi

“Katta Qozirabod” mahallasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prizidentining 5 ta tashabbusi ijrosi yuzasidan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti “Musiqiy ta’lim” kafedrasi professor-o‘qituvchilari  “Katta Qozirabod” mahallasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etdi. Kafedra mudiri Q.Panjiyev, dotsent D.Qodirov, o‘qituvchilar O.Soipov, I.Matyoqubov va kabinet mudiri L.Nurimmetova 2019-yil 23-may kuni “Katta Qozirabod” mahallasiga tashrif buyurishdi va mahalla aholisi bilan uchrashib, beshta muhim tashabbusning sport yo‘nalishi bo‘yicha yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatlarini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratish, xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash masalalari bo‘yicha suhbat olib borishdi.

Kafedra a’zolari “Katta Qozirabod”da bo‘lib, mahallaning kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan, yolg‘iz qariyalar, kasalmand, nogiron, mehribonlik uyida tarbiyalanuvchi oilalari bilan tanishdi. Mahallada jami 9236 nafar fuqaro istiqomat qilib, ulardan 13 ta oila ijtimoiy himoyaga muxtoj. Bir nafar oila (44-sonli qaror bo‘yicha) kam ta’minlangan oila sifatida ro‘yxatga olingan.

Kafedra a’zolari xonadonlarga kirib borib, aholining himoyaga muxtoj qatlamini moddiy yordam bilan ta’minlash, kam ta’minlangan oila farzandlarini bepul sport to‘garaklarga a’zo qilish kabi masalalarda amaliy natijalarga erishdi.