“Ilmiy va innovatsion faoliyatni tijoratlashtirishda intellektual investitsiyalar”

“Ilmiy va innovatsion faoliyatni tijoratlashtirishda intellektual investitsiyalar” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.

Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika universitetida 2019-yil 13-iyun kuni “Ilmiy va innovatsion faoliyatni tijoratlashtirishda intellektual investitsiyalar” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi. Anjumanda “Office market” kompaniyasi asoschilari, taniqli tadbirkorlar Mamasaidov Xasan va Mamasaidov Xusan “Ilmiy tadqiqot ishlari natijalarini tijoratlashtirish tajribasi”  mavzusida   ma’ruza qilib berdi.

         Yosh olim, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, Axborot texnologiyalari kafedrasi o‘qituvchisi Suropov Baxodir  o‘zining  “Dasturiy mahsulotlardan foydalanib ilmiy innovatsiyalarni tijoratlashtirish”  mavzusidagi ma’ruzasi bilan anjuman ishtirokchilariga ma’ruza qildi.

 Shuningdek, anjumanda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Innovatsion pedagogika fakulteti dekani, iqtisod fanlari nomzodi Ismoilov Omilxon Shukrulloyevich o‘zining  “Yoshlarda tadbirkorlik buyicha bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish. Investitsiya turlari” nomli ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.

O‘zining qiziqarli ma’ruzalari bilan tinglovchilar diqqatiga sazovor bo‘lgan  Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Innovatsion texnologiyalar amaliy-uslubiy markazi raxbari, Umumiy pedagogika kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari doktori Ro‘zieva Dilnoz Isomjonovna anjumanda “Ilmiy-innovatsion faoliyatni tijoratlashtirish: islohotlar va xalqaro tajribalar” nomli ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Psixologik xizmat” ilmiy-amaliy-uslubiy markazi raxbari, psixologiya kafedrasi mudiri, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent Xalilova Nargiza  “Psixologik xizmat tizimiga innovatsiyalarni tadbiq etish: muammo va yechimlar” mavzusida anshuman ishtirokchilari bilan o‘z tajribasini do‘stlashdi.

Anjuman so‘ngida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Abdullaeva Barno Sayfutdinovna taklif etilgan mehmonlar hamda ishtirokchilarni sertifikatlar bilan taqdirladi.