Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyiga qabul boshlandi

2019-yil 20-iyundan OTMlar tasarrufidagi akademik litseylarda 2019/2020 o‘quv yili uchun o‘quvchilarlardan hujjatlarini qabul qilish boshlandi.

Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyida ijtimoiy-gumanitar fanlar va xorijiy tillar yo‘nalishlarida chuqurlashtirilgan ta’lim beriladi.

Akademik litseyga kirish uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi:

- ta’lim yo‘nalishi, o‘quv tili, shakli ko‘rsatilgan ariza (chet tilidan saralash imtihoni topshirish belgilangan yo‘nalishlarda arizada qaysi chet tilidan saralash imtihoni topshirish hamda saralash imtihonni o‘tkazish qoidalari bilan tanishganligi ko‘rsatiladi);

-  ota-ona yoki ularning  o‘rnini bosuvchi shaxsning pasporti hamda o‘quvchining tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi nusxasi;

- 3,5x4,5 sm o‘lchamdagi 6 ta rangli fotosurat.

- Tanlovdan tashqari o‘qishga imtiyozli kirish huquqiga ega bo‘lgan xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar, musobaqalar g‘oliblari asl nusxadagi diplom, sertifikat, guvohnoma yoki boshqa tasdiqlovchi hujjatlarni topshiradilar.

Hujjatlarni qabul qilish 30-iyunga qadar davom etadi.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun: (71) 255-78-30