Ko`p beriladigan savollarga javoblar

Qo`shimcha ma`lumotlar uchun


Qabul komissiyasi telefon raqami - 71 276 84 12

Ushbu sahifada 2019-2020 o`quv yili qabul jarayonlari bilan bo`g`liq savollarga javob olishingiz mumkin.

 

1. Ro‘yxatdan o‘tish uchun qanday hujjatlar so`raladi?

1.     Pasportning asli (agar bo`lmasa 09-forma yoki tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma);

2.     Diplom yoki shahodatnoma (ilovasi bilan) asli;

3.     Agar imtiyozi bo‘lsa, uni tasdiqlovchi hujjat.

 

2. Topshirgan OTM va yo`nalishimni on line holatida o`zgartira olamanmi?

         DTM dasturida hozircha unday imkoniyat mavjud emas. Tanlangan 1-OTM mas’ul operatoriga murojaat qilinadi.

 

3. Abituriyent o’zi tanlagan OTM yo`nalishlariga hujjatlar tushumini on line holda ko`ra oladimi?

         DTM saytida bunday imkoniyat mavjud.

 

4. Tanlangan yo`nalish fanlari bir xil ketma-ketlikda bo`lishi shartmi?

         Tanlangan yo`nalish fanlari aynan bir xil ketma-ketlikda bo`lishi kerak (PQ-4319).

 

5. Kimlar hujjat topshirishda to`lovdan ozod qilingan?

·        2019 yil bitiruvchilari;

·        I va II guruh nogironlari;

·        Davlat ta’minotidagi chin yetimlar;

·        Chet el fuqarolari;

·        Barcha fanlardan kasbiy-ijodiy imtihon topshiruvchilar;

·        Imtiyoz asosida imtihonsiz talabalikka  qabul qilinuvchilar;

 

6. Kunduzgi va sirtqi ta’lim shakllariga bir o`quv yilida hujjat topshira olamanmi?

         Faqatgina bitta ta’lim shakliga hujjat topshirish mumkin (PQ-4319).

7. Abituriyent test sinovlariga qatnashish kuni va vaqtini qanday bilib oladi?

DTM ruxsatnomasidan yoki http://testday.dtm.uz/ sahifasidan.

 

8. Nogironlarga qanday imtiyozlar bor?

I va II guruh nogironlariga qabul kvotasiga qoʻshimcha 2 foizli grant asosida kunduzgi, sirtqi yoki kechki taʼlim shakllaridan birida taʼlim olish huquqi berilgan.

 

9. Harbiy qism tavsiyanomasiga ega abituriyentlar uchun 2019/2020 o`quv yili qabulida qanday imtiyozlar mavjud?

2019/2020-o‘quv yilida O‘zbekiston qurolli kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab, harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomasiga ega bo‘lganlar uchun bakalavriatga alohida besh foizli qabul kvotasi ajratilgan.

 

10. Tanlagan 3 ta OTM larim 3 ta viloyatda joylashgan. Shu viloyatlarni ixtiyoriy birortasida test sinovlarini topshirsam bo`ladimi?

Qabul komissiyasiga hujjatlaringizni qayd qilish jarayonida topshiriladigan viloyatni ham tanlashingiz mumkin.