2019-yilning 15-iyunidan respublikadagi barcha OTMlarda qabul komissiyalari o‘z ishini boshladi

2020 o‘quv yili qabulida abiturientlar uchun bir qator imtiyoz va qulayliklar yaratilmoqda.

Xususan, turk tilini chet tili sifatida o‘qigan abiturientlarga mazkur tildan ko‘p balli baho tizimi bo‘yicha imtihon topshirish imkoniyati yaratildi.

 

Bundan tashqari,  chet tilini bilish darajasi to‘g‘risidagi milliy (CEFR tizimi bo‘yicha) sertifikat yoki xalqaro tan olingan imtihon tizimlarining (IELTS, TOEFL, JLPT, DSD, DELF kabi) sertifikatiga ega bo‘lgan abiturientlarga test sinovlarini topshirishda chet tili fanidan maksimal ball beriladi va ular ushbu fandan imtihon topshirishdan ozod etiladi.